Nodavlat universitet xalqaro loyihani amalga oshirishda ishtirok etmoqda - Ta’lim xabarlari
Nodavlat universitet xalqaro loyihani amalga oshirishda ishtirok etmoqda

Prezidentimizning 2019 yil 19 iyuldagi “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.

 

Loyihaning asosiy maqsadi vodiy viloyatlarida qishloq xo‘jaligi sohasida iqtisodiy tizimni yanada chuqur isloh qilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish tizimini kengaytirish, shuningdek, turizm va hunarmandchilikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratishdir.

 

300,6 million dollarni tashkil etgan mazkur loyihaga Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki 200 million dollar, O‘zbekiston Respublikasi nomidan 100,6 million dollar ulush mablag‘lari kiritilgan.

 

 

Loyiha doirasida yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik asoslari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish, biznesga jalb qilish hamda ularning innovatsion va “startap” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida To‘raqo‘rg‘on tumanida tashkil etilgan hududiy biznes- inkubator tomonidan Namangan “Biznes va fanlar” universitetida “Tadbirkorlik asoslari” mavzusida uch marta 10 kunlik o‘quv kurslari tashkil etildi. Unda 60 dan zayod yosh va xotin-qiz tadbikorlik asoslari bo‘yicha o‘qitilib, biznes ko‘nikmalari shakllantirildi.

 

Qolaversa, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va rag‘batlantirish, bu borada o‘zaro kelishilgan qo‘shma hamkorlik munosabatlarini olib borish, mazkur yo‘nalishlarda ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi menejeri hamda Namangan “Biznes va fanlar” universiteti rektori o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

 

 

 

Mazkur muloqotda Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, biznes-inkubatsiya va murabbiylikka yo‘naltirilgan tadbirkorlikka ko‘maklashish, joylarda onlayn-oflayn ma’ruzalar, treninglar, o‘quv kurslarini tashkil etish, tadbirkorlar uchun zarur axborotlarni olish va amaliy masalalarni hal etishda ekspert, huquqiy maslahat ko‘rsatish, xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishiga yordam berish, yetakchi korxonalarda stajirovkalar, turli mavzularda treninglar, tajriba almashinish uchun forumlar tashkil qilish, biznes va korxonalarni boshqarish masalalari bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish va nashr qilish, mintaqaviy, milliy va xalqaro ilmiy–amaliy konferensiyalar tashkil etish borasida fikr almashildi.

 

Muzokaralar natijasida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi hamda Namangan “Biznes va fanlar” universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik kelishuvi imzolandi.

 

Manba: UzA

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры