8 ta oliygohda chet tilidan ijodiy imtihonlar bekor qilindi

2024-yilda chet tili birinchi fan bo‘lgan mutaxassisliklarida ijodiy imtihon o‘tkaziladigan 8 ta OTMda kirish imtihoni sifatida test olinadi.

 

Bu haqida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi departament boshlig‘i Abduvali Xoliqov Kun.uzga bergan intervyusida ma’lum qildi.

 

Joriy yilgacha 8 ta OTMning chet tili birinchi mutaxassislik fan bo‘lgan yo‘nalishlarida abituriyentlar ham o‘tgan yildagi kabi faqat shu OTM doirasida emas, respublikadagi barcha OTMdan o‘z yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan 5 tasini tanlashi mumkin bo‘ladi:

 

➖O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
➖Samarqand davlat chet tillar instituti;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti;
➖Toshkent davlat pedagogika universiteti;
➖Qo‘qon davlat pedagogika instituti;
➖Nukus davlat pedagogika instituti;
➖Andijon davlat chet tillar instituti;
➖Namangan davlat chet tillar institutining xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari.\

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры