Tez orada 2025-yil avgust-dekabr oylarida maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasining malaka sinovlari (toifa testlari)ning oʻtkazish jadvali eʼlon qilinishi kutilmoqda.
Toifa test sinovlar jadvali test sinovlari boshlanishidan kamida 10 kun oldin eʼlon qilinadi. Ya’ni bugun 11-oktyabr kuni jadval eʼlon qilinsa, testlar 21-oktyabrdan boshlanishi mumkin.
Avvalroq, joriy yilgi avgust-dekabr oylarida o’tkaziladigan pedagoglar attestatsiyasi o’tkazilishi rejalashtirilayotgan joylar ro’yxati ma’lum qilingandi.
2025-yil avgust-dekabr oylari toifa testlari oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan joylar roʻyxati:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Pedagogik mahorat markazi (Nukus shahri Ye.Alakoʻz koʻchasi 54-uy, moʻljal: MEGA NUKUS savdo majmuasi yonida);
2. Andijon viloyati – Pedagogik mahorat markazi ( Andijon shahar, Istiqlol koʻchasi 8-uy, moʻljal: Pedagoglar malaka malaka oshirish instituti);
3. Buxoro viloyati – Buxoro shahridagi 44-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Buxoro shahar “Bogʻishamol koʻchasi, 5-uy, moʻljal: Sharq (oldingi Pedagogika kolleji binosi));
4. Jizzax viloyati – Jizzax shahridagi 4-umumtaʼlim maktabi (Jizzax shahar, Kimyogar mahallasi Toʻqimachilar koʻchasi 45-uy, moʻljal: viloyat koʻz kasalliklari shifoxonasi);
5. Qashqadaryo viloyati – Pedagogik mahorat markazi (manzil: Qarshi shahar Olimlar koʻchasi 2-uy, moʻljal: Qarshi davlat universiteti);
6. Navoiy viloyati – Navoiy shahar Barkamol avlod bolalar maktabi (Navoiy shahar Aloqa koʻchasi 6-uy, moʻljal: Navoiy savdo markazi (SUM) orqa tomonida);
7. Namangan viloyati – Namangan shahridagi 15-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Namangan shahri, Gʻishtkoʻprik MFY, Uychi koʻchasi, 329-A uy, moʻljal – Chorsu);
8. Samarqand viloyati – Pedagogik mahorat markazi (Samarqand shahri, Hasan Obiddinov koʻchasi, 7-uy,);
9. Sirdaryo viloyati – Viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi (Guliston shahar, Shodlik MFY, Navoiy shoh koʻchasi 55-uy, moʻljal: Guliston shahar istirohat bogʻi);
10. Surxondaryo viloyati – Termiz shahridagi 26-umumiy oʻrta taʼlim maktabi, (Termiz shahar, Kattabogʻ MFY, Farovon massivi, 2-mavze, 7-manzilgoh, moʻljal: “Yashil dunyo” bozori);
11. Fargʻona viloyati – Fargʻona shahridagi 28-umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Fargʻona shahar, “Istiqlol” MFY, A.Qodiriy koʻchasi -13A, moʻljal “Chery” avtosaloni);
12. Toshkent viloyati – Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi);
13. Xorazm viloyati – Urganch shahridagi 17-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi (Al-Beruniy maktabi) (Urganch shahar 4-Yuqori bogʻ mahallasi Maxtumquli koʻchasi 229-a-uy, moʻljal Omad toʻyxonasi (omad bowling) yoki Urganch shahar 4-son ichki ishlar boʻlimi;
14. Toshkent shahri – Pedagoglarning bilim va koʻnikmalarini baholash markazi (Toshkent shahri, Beruniy koʻchasi 83-A-uy, moʻljal: Metroning “Tinchlik” bekati, “IMZO” firmasining eski binosi).

