Ta’lim vazirliklarining Adliya vazirligi ro’yxatidan o’tkazilgan (29.05.2024 №3515) yangi qarorining 3-bobida pedagoglarga ustama belgilashda qoʻllaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati tasdiqlandi.
Ro’yxatga TKT va TESOL sertifikatlari ham kiritilgan.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan TKT, TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi va Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.
Barcha TESOL, TEFL, TESL sertifikatlari o‘qituvchi (trener) bilan kamida 100 kontakt soat shug‘ullanishi va kamida 40 soatlik o‘qituvchi-pedagogik amaliyotini qamrab olishi, bunda amaliyot qismi instruktor tomonidan kuzatilib baholanishi zarur.
Ushbu qaror ilovasining 3-bobi rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oydan keyin kuchga kiradi.
Sertifikatlarning to‘liq ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin:
Izoh:
1) ta’lim tashkilotlarida ayrim maxsus fanlardan o‘quv mashg‘ulotlarini olib borayotgan pedagog xodimlarning lavozim maoshlariga belgilangan tartibda ustamalar beriladi;
2) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus vaprofessional ta’lim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani o‘qituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislikfani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasini aniqlash hamda o‘quvfani bo‘yicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi;
3) oliy ta’lim tizimida faoliyatyuritayotganpedagog xodimlarga ustama belgilashda qo‘llaniladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy vaxalqaro tan olingan sertifikatlar ularning mashg’ulot olib boruvchi faniga mos bo‘lishi lozim;
4) amal qilish muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko’p bo’lmagan vaqt mobaynida qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ustama qo‘llaniladi;
5) *umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xorijiy tillar o‘qituvchilari lavozimlariga ishgayangi qabul qilinayotgan talabgor kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikatga ega bo‘lishi lozim;
6) mazkur qaror kuchga kirgunga qadar amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq olingan sertifikatlarga ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugagunga (muddati cheklanmagan (belgilanmagan) sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo’lmagan vaqt mobaynida) qadar ustamalar qo‘llaniladi.
** Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglardan Teaching Knowledge Test (TKT), Teaching English for Speakers of Other Languages (TESOL), Teaching English as a Foreign Language (TEFL), Teaching English as a Second Language (TESL) sertifikatlari Common European Framework of Reference (CEFR) tizimining B2 sertifikati bilan birgalikda qabul qilinadi vaMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi pedagoglari uchun ustama belgilangan tartibda to‘lanadi.