Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil I choragi davomida 22 151 nafar talabaga 183,8 mlrd soʻm imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilgan.
Ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 80 foizi xotin-qizlarga berilgan. Ya’ni, 17 830 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan.
“Maʼlumot uchun: “Talim-krediti.mf.uz” platformasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining 6 tasi bilan elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi natijasida taʼlim krediti ajratilgan 141 ming nafar talabaning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan”, – deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Ta’kidlash lozim, oldinroq yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratilishi haqida xabar bergan edik.