2024-yil 26-may kuni o‘tkazilgan kimyo va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonida 119 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun imtihondan chetlatildi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.
Mazkur raqam boshqa imtihonlardagi qoidabuzarliklar sonidan anchagina ko‘p bo‘lib, ularning barchasi telefon va aloqa vositalari bilan bog‘liq.
Jumladan:
— 76 nafar talabgor imtihon o‘tkaziladigan binoga telefon yoki aloqa vositalarini olib kirishga uringani uchun;
— 43 nafar talabgor imtihon vaqtida telefon yoki aloqa vositalaridan foydalangani uchun chetlatilgan.