Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi

Hukumatning 2025-yil 29-sentyabrdagi “Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida tabiiy fanlar yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan maktablar tarmogʻini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 608-son qarori qabul qilindi.

 

 

Unga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari, shuningdek, vazirliklar va idoralar tizimidagi umumiy oʻrta taʼlim va kasbiy taʼlim tashkilotlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari tashkil etiladi.

 

 

Qaror bilan:

 

2025-yilda tashkil etiladigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining roʻyxati;

 

2025-2027-yillarda yangidan quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining manzilli roʻyxati tasdiqlandi.

 

 

Hokimliklar 2025-yil 1-noyabrga qadar Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallarining bino va inshootlarini taʼmirlab, belgilangan talablar asosida jihozlab, oʻquvchilarga yashash va ovqatlanish uchun zarur sharoitlarni yaratib beradi.

 

 

Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha tayanch maktab hisoblanadi.

 

 

Tayanch maktab va filiallarga rahbar kadrlar ikki bosqichli (saralash va suhbat), pedagog kadrlar uch bosqichli (saralash, test sinovi va suhbat) tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

 

 

Qabul 7-sinfdan boshlanadi va bir sinfda oʻquvchilarning soni 24 nafardan oshmaydi. Oʻquvchilar tayanch maktab uchun belgilangan tartib asosida saralab olinadi.

 

 

Oʻquvchilar uchun turar joy hamda autsorsing asosida belgilangan tartibda bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etiladi.

 

 

Filiallarning qurilish ishlari tayanch maktabning sharoitidan kam boʻlmagan, yagona yondashuv asosida 2026–2027-yillarda amalga oshiriladi.

 

 

Qaror bilan tanishish

 

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi