Endi 56,7 balldan past ball olgan abituriyentlarga super-kontrakt qilish imkoniyati berilmaydi

Endi 56,7 balldan past ball olgan abituriyentlarga super-kontrakt qilish imkoniyati berilmaydi

2017-yildagi Vazirlar Mahkamasining 393-sonli qarori bilan kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan (hozirda 56,7 ball) kam ball to‘plagan abituriyentlarga birinchi o‘quv yiliga amaldagi oshirilgan to‘lov-kontraktning ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan eng yuqori miqdorining 2 barobariga teng to‘lovni amalga oshirish sharti bilan o‘qishga kirish huquqi berilgandi.

 

Ya’ni, oʻtgan yili imtihonda 56,7 dan kam ball to‘plagan abituriyentlar ham super kontrakt summasini 2 barobar ko‘p to‘lab o‘qishi mumkin edi.

 

Masalan, super 100 mln bo‘lsa, shuni 2 barobar qimmati 200 mln to‘lov qilib, o‘qish mumkin edi. Xalq tilida bu “giper kontrakt” deb ham atalardi.

 

 

Shu tartib, 2025-yil 13-sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan bekor qilindi.

 

Diqqat! 56.7 va undan yuqori natija qayd etganlar super kontrakt qilishi mumkin. Bu bekor bo‘lgani yo‘q, adashtirmang!