Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yilda mehnat qonunchiligi eng ko‘p buzilgan sohalar reytingini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, ta’lim sohasi 21 286 ta holat bilan 1-o‘rinni band etgan. Reytingda 2-o‘rinni egallagan sog‘liqni saqlash tizimida esa qariyb 6 baravar kam ya’ni 3 586 ta holat qayd etilgan. Reytingda yuqori uchlikni 1 867 ta holat bilan qurilish sohasi yakunlagan.
Vazirlik hisobotida 21 902 nafar fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilgani va 13 306 ta murojaat qanoatlantirilgani aytiladi. Ammo ushbu murojaatlarning necha foizi ta’lim sohasiga to‘g‘ri kelishi haqida ma’lumot keltirilmagan.
Ta’kidlash lozim, oldinroq Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o’rinbosari Sardor Radjabov o‘qituvchilarning “Open budget”ga uchun ovoz yig‘ish uchun jalb qilinishi qanchalik to‘g‘ri ekanligi haqidagi savolga javoban bunday murojaatlar kelib tushgan taqdirda vazirlik keskin choralar ko‘rishga tayyorligini bildirgandi.