Xitoyda to‘liq grant asosida magistratura bosqichini o‘qish imkoniyati: Yenching Academy Scholarship dasturi

Xitoyda to‘liq grant asosida magistratura bosqichini o‘qish imkoniyati: Yenching Academy Scholarship dasturi

 

Pekin universiteti huzuridagi Yenching Akademiyasi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan, yoshi, dini, irqi va millatidan qat’i nazar, ijtimoiy-gumanitar fanlarga qiziqqan yoshlarni Xitoyda to‘liq moliyalashtirilgan magistratura dasturida tahsil olishga taklif etadi.

 

 

Yenching Academy Scholarship — bu nafaqat Xitoyda bepul magistratura o‘qish, balki xalqaro tarmoqda o‘z o‘rnini topish, tadqiqotlar olib borish va shaxsiy hamda kasbiy rivojlanish uchun imkoniyat. Har yili 120 nafar talaba grant asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ulardan 75 foizini xalqaro talabalar tashkil etadi.

 

 

Nomzodlardan ingliz tilini yaxshi bilish va bakalavr darajasiga ega bo‘lish talab etiladi. Qabul qilingan talabalarga Pekin universiteti quyidagi 6 ta yo‘nalish bo‘yicha ilmiy izlanish olib borish imkonini beradi:

 

Iqtisodiyot va menejment;

 

Tarix va arxeologiya;

 

Falsafa va dinshunoslik;

 

Siyosat va xalqaro munosabatlar;

 

Huquq va jamiyat;

 

Adabiyot va madaniyat.

 

Dastur imkoniyatlari

 

Yenching Akademiyasi grant dasturi to‘liq moliyalashtiriladi:

 

– o‘qish xarajatlari to‘liq qoplanadi;

 

– talabalarga bepul yotoqxona taqdim etiladi (xalqaro talabalar uchun birinchi yil yotoqxonada yashash majburiy);

 

– oylik stipendiya beriladi;

 

– Xitoyga borish va qaytish aviachiptalari xarajatlari qoplanadi;

 

– tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish uchun alohida mablag‘ ajratiladi.

 

Bundan tashqari, ishtirokchilar madaniyatlararo almashinuv, akademik hamkorlik va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar.

 

Dastur haqida batafsil bu yerda tanishish mumkin.

 

Talablar

 

Nomzodlar quyidagi mezonlarga javob berishi zarur:

 

Kamida bakalavr diplomiga ega bo‘lishi yoki 2026-yil 31-avgustga qadar diplomni qo‘lga kiritishi;

 

Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lish;

 

Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lish (IELTS, TOEFL va boshqalar);

 

Turli fanlar kesishmasi doirasida Xitoyni o‘rganishga kuchli qiziqish bildirish;

 

Faol ijtimoiy hayotga ega, yutuqlari va yetakchilik qobiliyatlari mavjud bo‘lish.

 

Eslatma: Pekin universitetida o‘qiyotgan talabalarga ushbu grantga ariza topshirish taqiqlanadi.

 

Ingliz tili bo‘yicha talablar

 

Quyidagi test natijalari qabul qilinadi:

 

IELTS (Academic): umumiy ball — 7.0

 

TOEFL iBT: umumiy ball — 100

 

Cambridge English Scale (Advanced): umumiy ball — 185

 

CET 6: 600 ball

 

TEM 4: darajasi “良好” yoki undan yuqori

 

 Muhim:

 

Ona tili ingliz tili bo‘lganlar va o‘qish jarayoni ingliz tilida olib borilgan bakalavr (yoki undan yuqori) diplom egalari test topshirishdan ozod qilinadi.

 

IELTS va TOEFL natijalari 2024-yil 1-sentyabrdan keyin olingan bo‘lishi shart.

 

Sertifikatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri test markazidan yuborilishi kerak.

 

Ariza topshirish tartibi:

 

Nomzodlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

 

Onlayn ariza shakli;

 

Shaxsiy bayonnoma (Personal statement) — 750 so‘zdan oshmasligi lozim;

 

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha bayonnoma — maksimal 1500 so‘z (iqtiboslar bilan birga);

 

CV (rezume);

 

Diplom ilovasi (rasmiy tasdiqlangan);

 

O‘qiyotgan yoki bitirganlikni tasdiqlovchi hujjat;

 

2 ta tavsiyanoma xati;

 

Ingliz tili bilim darajasini tasdiqlovchi hujjat.

 

 

Ariza to‘ldirishdan oldin ushbu havola orqali shartlar bilan batafsil tanishib chiqish kerak.

 

Qabul jarayoni va muddatlar

 

Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 1-dekabr.

 

Nomzodlarni saralashda Yenching Akademiyasi hamkor universitetlar bilan hamkorlik qiladi.

 

Tanlab olingan nomzodlar qish va erta bahorda suhbatga taklif qilinadi. Taklifnoma odatda suhbatdan bir hafta oldin yuboriladi.

 

 

Suhbat masofadan turib yoki bevosita Pekinda o‘tkazilishi mumkin. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning arizalari Pekin universitetida ko‘rib chiqiladi.

 

 

Yakuniy qabul tasdiqlangach, qabul takliflari qabul yilining iyun oyi oxirigacha pochta orqali yuboriladi.

 

 

Elektron pochta: yca-admissions@pku.edu.cn