Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlangan bo’lib, tez orada e’lon qilinadi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev o’zining telegramdagi sahifasida xabar qildi. Ma’lumotlarga ko’ra, 6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi.
Eslatma o’rnida shuni aytib o’tish joizki, kecha qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun ham alohida qo’shimcha kvota ajratilgani haqida xabar bergan edik. Bunda ikkita toifa bor.
Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida o’qishdan yiqilgan qoraqalpog’istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to’lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan.
Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qarorida davlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant.
