23–26-sentabr kunlari o‘qituvchilar olimpiadasi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi

23–26-sentabr kunlari o‘qituvchilar olimpiadasi yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tadi

Biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining Respublika bosqichi joriy yilning 23–26-sentabr kunlari “Renessans” oromgohida bo‘lib o‘tadi.

 

Hududiy bosqichda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar mazkur bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar. Olimpiada sinovlari 24–25-sentabr kunlari ikki turda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

 

 

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z bilim va tajribalarini namoyon etib, ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazadilar. Natijalarga ko‘ra, fanlar kesimida eng yuqori ball to‘plagan 3 nafardan jami 9 nafar ishtirokchi mutlaq g‘olib deb topiladi.

 

 

Shuningdek, Respublika bosqichida eng yuqori natijalarni qayd etgan 10 nafar o‘qituvchi Fan olimpiadalari markazining “Fan kengashi” a’zoligiga qabul qilinadi.

 

Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning hududiy bosqichi 9-10-sentyabr kunlari o‘tkazilgan edi. Natijalar bilan saytimiz orqali tanishishingiz mumkin.

 

Biologiya

Matematika

Informatika