Yale Young Global Scholars (YYGS) — butun dunyo boʻylab ilm-fanga qiziquvchi oʻsmirlarni bir joyda toʻplovchi ikki haftalik akademik yozgi maktab boʻlib, AQSHning mashhur Yel universiteti tomonidan tashkil etilmoqda.
Shu vaqtga qadar 150 dan ortiq mamlakatdan va AQShning 50 shtatidan 2000 dan ortiq talabalar dasturda ishtirok etib, ularga 3 million dollardan ortiq moliyaviy yordam koʻrsatilgan. 2024-yilda moliyaviy yordam soʻrab murojaat qilgan barcha qabul qilingan talabalar soʻrovlarining 99 foizi toʻliq qondirilgan.
Qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar maktab yoki litseyning oxirgi bosiqchida oʻqiyotgan boʻlishi hamda 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi lozim. Nomzodlar quyidagi 4 yoʻnalishdan biri boʻyicha yozgi maktabda oʻqishlari mumkin:
Dasturga erta qabul uchun оxirgi muddat: 2025-yil 15-оktyabr;
Dоimiy qabul uchun оxirgi muddat: 2026-yil 7-yanvar.
Grant asosida, 100% imtiyoz bilan qatnashish istagida boʻlgan nomzodlar uchun qoʻyilgan talab bilan bu yerda tanishish mumkin.
Maqbullik shartlari:
Istalgan davlating fuqarolari ariza berishi mumkin;
Nomzod 2026-yilning 19-iyuliga qadar 16-18 yosh oraligʻida boʻlishi kerak;
Toʻliq ingliz tilida olib boriladigan oʻquv dasturida erkin qatnasha olishi kerak;
Yuqori sinfda (oxirgi yoki oxirgidan oldingi sinfda) oʻqiyotgan boʻlishi lozim.
Yuqori maktab yoki shunga teng boʻlgan oʻqishni 2027 yoki 2028-yilning may-iyun oylarida tugatishi zarur;
Dasturga birinchi marta qatnashayotgan boʻlishi lozim (2025-yoki undan oldingi yilda arizasi muvaffaqiyatli qabul qilinib, dasturda qatnashganlar arizasi koʻrib chiqilmaydi);
Dasturga qoʻyilgan talablar bilan batafsil ushbu havola orqali tanishish mumkin.
Foydali tomonlari
Moliyaviy yordam asosida qabul qilingan nomzodlarning o‘quv mashg‘ulotlari xarajati ($7,000) 100% qoplab beriladi;
Safar xarajatlari ham qoplanishi mumkin.
Muhim: 2 haftalik jonli darsda qatnashish narxi – $7,000.
Dasturga erta qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2025-yil 17-dekabrgacha eʼlon qilinadi;
Dоimiy qabul bоʼyicha qabul qilinganlik, shuningdek, moliyaviy yordam boʻyicha bildirishnoma 2026-yil 15-martgacha eʼlon qilinadi;
Dastur bilan bogʻliq muddatlar bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
Qoʻshimcha maʼlumot va savollar uchun:
Elektron pochta: global.scholars@yale.edu
Tezkor savol-javoblar boʻlimi.
Ushbu sahifada keltirilgan onlayn arizani toʻldirish mumkin.
