2024-yilda eng koʻp korrupsion holat ta’lim sohasida aniqlangan — statistika

2024-yilda eng koʻp korrupsion holat ta’lim sohasida aniqlangan — statistika

O‘zbekistonda 2024-yilda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori oshgani qayd etildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov 16-senytabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etgan Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida milliy ma’ruzada ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, 2024-yilda respublika bo‘yicha sudlar tomonidan jami 4 649 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va 7 354 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 819 nafarga ko‘p hisoblanadi.

 

Korrupsiyaga oid jinoyat uchun sudlangan shaxslarning sohalar kesimida tahlili quyidagicha:

 

— 654 nafari maktabgacha va maktab ta’limi;

 

— 342 nafari sog‘liqni saqlash;

 

— 271 nafari tijorat banklari;

 

— 202 nafari bandlik;

 

— 111 nafari elektr tarmoqlari;

 

— 106 nafari mahalliy hokimliklar;

 

— 90 nafari oliy ta’lim;

 

— 83 nafari gaz ta’minoti;

 

— 76 nafari suv ta’minoti;

 

— 68 nafari kadastr;

 

— 39 nafari nodavlat notijorat tashkilotlar;

 

— 36 nafari qishloq xo‘jaligi;

 

— 26 nafari transport;

 

— 244 nafari xo‘jalik yurituvchi subyektlar xodimlariga to‘g‘ri keladi.

 

Ushbu statistikaga ko‘ra, korrupsiya jinoyatlari eng ko‘p bo’lgan soha — ta’lim tizimi bo‘lib, 654 nafar shaxs sudlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 180 taga ko‘p bo‘lib, ayniqsa maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiya darajasi keskin oshganini ko‘rsatadi.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy ma’ruza fayli bilan tanishish