O‘qituvchilar milliy sertifikat uchun necha ball yig‘ishlari kerak? - Ta’lim xabarlari
O‘qituvchilar milliy sertifikat uchun necha ball yig‘ishlari kerak?

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qarori bilan endilikda umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini aniqlash boʻyicha A+, A, B+, B, C+, C, darajali sertifikatlar berilishi belgilangandi.

 

Yangi Rash modeli boʻyicha fan oʻqituvchilariga A+, A va B+ darajadagi, Boshlangʻich taʼlim (matematika va ona tili va adabiyot) yoʻnalishi uchun esa minimum C yoki undan yuqori darajadagi sertifikat uchun ustama berish boʻyicha hujjat loyihasi ishlab chiqilgan.

 

Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy Facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimidagi sertifikatlarga ustama berish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqotda maʼlum qilindi.

 

Vazirlik masʼul xodimining aytishicha, ayni vaqtda qonun hujjatlariga oʻzgarish kiritish haqidagi loyiha ishlab chiqib, Adliya vazirligiga kiritilgan va tasdiqlanishi kutilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, Rash modeliga koʻra milliy sertifikat uchun quyidagi sertifikatlar beriladi:

 

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ daraja;

 

65 – 69,9 ball olgan talabgorga A daraja;

 

60 – 64,9 ball olgan talabgorga B+ daraja;

 

55 – 59,9 ball olgan talabgorga B daraja;

 

50 – 54,9 ball olgan talabgorga C+ daraja;

 

46 – 49,9 ball Olgan talabgorga C daraja.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры