Chet tilidan 28-avgustdan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tgan imtihon natijalari e’lon qilindi

Chet tilidan 28-avgustdan 8-sentyabrgacha bo‘lib o‘tgan imtihon natijalari e’lon qilindi

2025-yil 28-avgustdan 8-sentyabrga qadar bo‘lib o‘tgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

 

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar «Mening arizalarim» bo‘limidan o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

 

Test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab olishi mumkin.

 

O‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar 3 kun ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin. Apellatsiya shikoyati ikki hafta ichida ko‘rib chiqiladi.