Xabaringiz bor, 2021-yildan boshlab uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimi joriy etildi. Bunda, oʻqituvchilar har yili kamida 36 soatli oʻquv dasturlari asosida oʻz malakalarini oshiradilar.
Yaʼni, har yili malaka oshirish kurslari kontenti mazmuni 100 foiz yangilanadi.
Joriy yilgi onlayn malaka oshirish kurslari uchun ham mazmuni tubdan yangilangan kontent materiallarini tayyorlash jarayonlari ketmoqda.
Xoʻsh, oʻqituvchilar qanday kompetensiyalar boʻyicha oʻz malakalarini oshiradilar?
Bular:
Fanni o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari (kamida 6 kredit);
Fanni o‘qitishda 4-K ko‘nikmalarini shakllantirish metodikasi (kamida 3 kredit);
Ilg‘or xorijiy tajribalar (kamida 3 kredit);
Raqamli texnologiyalar (kamida 1 kredit);
Inklyuziv yondashuv asoslari (kamida 1 kredit);
Fanning nazariy-amaliy metodik asoslari (kamida 1 kredit);
Ta’lim jarayonida ta’lim va tarbiya uzviyligining o‘ziga xos metodik asoslari (kamida 2 kredit);
Tanlov fan (kamida 1 kredit);