Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi 264 son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra “Yil oʻqituvchisi” tanlovida oliy yoki birinchi malaka toifasiga hamda kamida 5-yillik ped stajga ega, asosiy shtatda faoliyat yuritayotgan fan yoki boshlangʻich sinf oʻqituvchisi ishtirok etishi mumkin.
Tanlov uch bosqichda oʻtkaziladi:
birinchi bosqichda — nomzodlarning mutaxassislik fani, pedagogik mahorati va kasb standarti boʻyicha nazariy bilimlari baholanadi;
-Tanlovning birinchi bosqichi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan Maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida har ikki yilda bir marta avgust-dekabr oylarida tashkil etiladigan malaka toifa sinovlari bilan integratsiya qilingan holda (onlayn tarzda) oʻtkaziladi.
-Bunda malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻiga (shu jumladan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarining musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun ham) quyidagi tarzda alohida ball hisoblanadi:
-mutaxassislik fanidan (35 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 3,1 ball (35*3,1=108,5 ball);
-pedagogik mahorati uchun (10 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 2,1 ball (10*2,1= 21 ball);
-kasb standarti uchun (5 ta) har bir toʻgʻri javob uchun — 1,1 ball (5*1,1=5,5 ball) beriladi.
P.S Jismoniy tarbiya va musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun esa, amaliy (ijodiy) imtihon balli 21 ga koʻpaytirilib, 60 ga boʻlinadi.
Birinchi bosqichda jami toʻplash mumkin boʻlgan ball-135 ball
-Har bir tuman (shahar)dan birinchi bosqichda ballar ketma-ketligiga qatʼi rioya etgan holda eng yuqori ball toʻplagan 3 nafardan nomzod tanlovning ikkinchi bosqichiga oʻtkaziladi.
-Tanlovning birinchi bosqichida nomzodlarning ballari teng boʻlgan taqdirda, ularni tanlab olish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
nomzodning amaldagi malaka toifasi yuqoriligi;
koʻp yillik pedagogik ish stajiga egaligi;
mutaxassislik fanidan yuqori ball toʻplagani;
yuqoridagi barcha holatlarda ham ballar teng kelib qolgan taqdirda, istisno tariqasida, nomzodlarning barchasi ikkinchi bosqichga oʻtkaziladi.
ikkinchi bosqichda — nomzodlarning pedagogik mahorati baholash mezonlari asosida hakamlar hayʼati hamda pedagoglar tomonidan baholanadi. Bunda nomzod oʻtgan darsning videoyozuvi baholash uchun maxsus platformaga joylashtiriladi;
uchinchi bosqichda — nomzodlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyati hamda kitobxonligi baholanadi.
Tanlov yakunlariga koʻra, har ikki yilda bir marta oktyabr oyida gʻolib deb topilgan har bir nomzod reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida gʻoliblar Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri jamgʻarmasiga qoʻshimcha ajratilgan mablagʻlarni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti (taxminan 45 ming AQSH dollari) bilan taqdirlanadi.
Endilikda, toifa testlarida qayd etilgan yuqori natijalar orqali quyidagi imkoniyatlarga ega boʻlish mumkin:
1. Amaldagi malaka toifasini oshirish yoki tasdiqlash ( bu orqali keyingi besh yil davomida majburiy attestatsiyadan ozod qilinish hamda yuqori toifa boʻyicha oylik olish);
2. Keyingi 2-yil davomida 70 foizlik ustama olish ( agarda 86 va undan yuqori ball toʻplab Oliy yoki birinchi toifa olinsa yoki saqlansa);
3. Vazir jamgʻarmasidan toʻlab beriladigan ustamalar (9 oy davomida oyiga 1271000*5,5= 6 mln 990 ming soʻmdan jami 62 mln 914 ming 500 soʻm) uchun oʻtkaziladigan saralashning birinchi bosqichidan oʻtgan hisoblanish ( bu uchun esa oʻz fani boʻyicha oʻtkazilgan toifa testlarida oʻz viloyatida oʻz yoʻnalishi boʻyicha yuqori oʻrinlarda boʻlish);
4. Sovrini 576 mln. soʻmlik “Yil oʻqituvchisi” koʻrik tanlovining birinchi bosqichidan oʻtgan hisoblanish (bu uchun esa toifa testlarida oʻz tumanidagi barcha oʻqituvchilar orasida 1-3 oʻrinlarda boʻlish);
📌Namunaviy toifa testlarini quyidagi botlar yordamida bepul bajarib, o’z bilimingizdan sinovdan o’tkazishingiz mumkin:
Barcha fanlar bo’yicha diagnostik testlar ketma-ketlikda joylab borilmoqda.
O’zbek tilida: 👉 https://t.me/uztditestbot
Rus tilida: 👉https://t.me/uztditest_rusbot
Qoraqalpoq tilida: 👉 https://t.me/uztdi_qrtestbot
