‘‘Tarbiya’’ fani mutaxassisligiga ega bo’lgan o’qituvchilar yoki ‘‘Tarbiya’’ fanida qayta tayyorlovdan o’tgan o’qituvchilar yuqori hamda boshlang’ich sinflarga dars berishlari mumkin.
Bunda boshlang’ich sinflardagi dars soatlari ‘‘Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro’yxatlarini shakllantirish tartibi to’g’risida’’gi nizom talablari asosida o’qituvchilar o’rtasida taqsimlanishi lozim.
Agar ‘‘Tarbiya’’fanidan dars o’tish huquqiga ega o’qituvchilarning mazkur fandan malaka toifasi mavjud bo’lsa, ularga ‘‘Tarbiya’’ fani bo’yicha malaka toifasi uchun qo’shimcha haq to’lovlari ham amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ‘‘Tarix’’ va ‘‘Milliy istiqlol g’oyasi va huquq’’ o’qituvchilari boshlang’ich sinflarda dars bersa, toifasi uchun qo’shimcha haq to’lanmaydi. Bosh vazirning 2024-yil 16-apreldagi 30/1-1782-sonli ko’rsatma xatiga muvofiq, ‘‘Tarix’’, ‘‘Milliy istiqlol g’oyasi va huquq’’ mutaxassisligiga ega o’qituvchilarga faqat 5-11-sinflarda ‘‘Tarbiya’’ fani bo’yicha dars o’tishlariga ruxsat berilgan.
Shu sababli, ‘‘Tarix’’, ‘‘Milliy istiqlol g’oyasi va huquq’’ mutaxassisligiga ega o’qituvchilar boshlang’ich sinflarda (1-4-sinf) ‘‘Tarbiya’’ fanidan dars bergan taqdirda, ularning malaka toifasi uchun qo’shimcha haq to’lovlari amalga oshirilmaydi.
Shuningdek, ayrim hududlarda esa boshlang’ich sinflardagi ‘‘Tarbiya’’ fani ushbu fan o’qituvchilariga ham berish holati kuzatilgan. Shuning uchun, ‘‘Tarix’’ va ‘‘Milliy istiqlol g’oyasi va huquq’’ o’qituvchilariga boshlang’ich sinflarda dars bergani uchun qo’shimcha to’lovlar amalga oshirilmasligi mumkin.
