Bunda sinf rahbari tomonidan “Bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi “PR” ustuniga kunlik belgilar quyidagi tartibda qoʻyib boriladi:

 

 

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;

 

dq — sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;

 

k — kasallik sababli dars qoldirganligini koʻrsatish uchun;

 

kq — darsga kechikib kirganligini koʻrsatish uchun;

 

m — surunkali dars qoldirayotganligini koʻrsatish uchun;

 

ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini koʻrsatish uchun;

 

q — taʼlim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini koʻrsatish uchun;

 

ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun;

 

tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini koʻrsatish uchun qoʻyish belgilanadi.

 

 

Fan oʻqituvchilari tomonidan oʻquvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

 

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini koʻrsatish uchun;

 

kq — darsga kechikishni koʻrsatish uchun.

 

Kechikkan oʻquvchi baholanishi ham mumkin. Bunda kq (Masalan: kq5, kq4) belgisidan keyin olgan bahosi qoʻyiladi.