Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024 yildagi 87-son) qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik kasblariga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan talabgorlarni kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etildi.
Kasbiy sertifikatlashga kimlar jalb etiladi?
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-o‘qituvchilar, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab esa bosqichma-bosqich umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining tegishli toifaga ega bo‘lmagan pedagog kadrlari kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etiladi.
Talabgor asosiy ish joyi bo‘yicha kasbiy sertifikatlashga jalb etiladi.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida o‘rindoshlik asosida dars beradigan va asosiy ish joyi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanmaydigan talabgor o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim tashkilotidan kasbiy sertifikatlash jarayonlariga jalb etiladi.
Kasbiy sertifikatlashga kimlar jalb etilmaydi?
Kasbiy sertifikatlashga quyidagi pedagoglar jalb etilmaydi:
fan nomzodi, falsafa doktori Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan doktori Doctor of Science (DSc) darajasiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan berilgan katta ilmiy xodim, dotsent va professor ilmiy unvoniga ega bo‘lgan pedagog kadrlar;
magistr darajasiga ega mutaxassislar.
Kasbiy sertifikatlashdan kimlar ma’lum muddatga ozod etiladi?
Quyidagilar kasbiy sertifikatlashdan ma’lum muddatga ozod qilinadi:
homilador ayollar, homiladorlik yoki tug‘ish ta’tilida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar (farzandi uch yoshga to‘lgunga qadar);
uzoq (uch oydan ortiq vaqt mobaynida) davolanayotgan pedagog kadrlar, ular davolanayotgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin olti oy davomida;
uch oy va undan uzoq muddatga respublika hamda chet el davlatiga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kursiga yuborilgan pedagog kadrlar, ular ishga chiqqanidan so‘ng olti oy davomida.
Davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash sxemasi
Bosqichlar |
|
Ijrochilar |
|
Tadbirlar |
|
Muddatlar |
|
|
|
||||
|
|
|
|
|
|
|
1-bosqich |
|
Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali |
|
Talabgor kasbiy sertifikatlash nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. |
|
Ro‘yxatga olish rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab bir oy davomida |
|
|
|
|
|
|
|
2-bosqich |
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
|
Talabgorning o‘z fanini bilishi, pedagogik mahorati, ko‘nikma va malakalarini baholash uchun nazorat sinovini tashkil etadi. |
|
Har yili mart-may oylarida |
|
|
|
|
|
|
|
3-bosqich |
|
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi |
|
Talabgor kasbiy sertifikatlash nazorat sinovidan muvaffaqiyatli o‘tganda, unga elektron shakldagi sertifikatni (QR-kod) rasmiylashtiradi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuboradi. |
|
Buyruq qabul qilingan kundan boshlab bir oy mobaynida |
|
|
|
|
|
|
|
4-bosqich |
|
Talabgor |
|
Nazorat sinovi natijasidan norozi bo‘lganda, Apellatsiya komissiyasiga apellatsiya shikoyatini beradi. |
|
Natija e’lon qilingan kundan boshlab besh kun mobaynida |
|
|
|
|
|
|
|
5-bosqich |
|
Apellatsiya komissiyasi |
|
1. Apellatsiya shikoyatini ko‘rib chiqadi.
2. Talabgorni Apellatsiya komissiyasi qarori to‘g‘risida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xabardor qiladi. |
|
Ikki hafta mobaynida |