O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida 2025-2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklari uchun hujjatlar qabuli boshlandi.
Arizalar joriy yilning 3-sentabrdan 2-oktyabr (shu kuni ham) sanasiga qadar qabul.dsba.uz onlayn platformasi orqali qabul qilinadi.
2025-2026 o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tasdiqlangan qabul kvotalari quyidagicha:
— Davlat boshqaruvi – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt)
— Hududlarni kompleks rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt)
— Inson resurslarini rivojlantirish – jami 55 (30 davlat granti, 10 to‘lov-kontrakt, 15 ochiq tanlov to’lov-kontrakt)
Hujjatlar quyidagi tartibda qabul qilinadi:
Davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishni istagan davlat xizmatchilari Boshqaruv samaradorligi agentligi orqali;
Ochiq tanlov (to‘lov-kontrakt) asosida o‘qishni istaganlar esa bevosita Akademiyaning rasmiy veb-sayti orqali.
Test sinovlari 2025-yil 10-11-oktabr kunlari 2 smenada bo’lib o’tadi. Ruxsatnomalar onlayn tarzda taqdim etiladi.
CEFR B2 (muqobil sertifikatlar ham) va undan yuqori darajadagi xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan nomzodlar xorijiy til testidan ozod qilinadi hamda maksimal ball bilan baholanadi.
Testdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar ikkinchi bosqich — suhbatga taklif etiladi.
