Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul tartibi belgilandi

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul tartibi belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul qilish tartibini belgilash to‘g‘risida Hukumat qarori (27.08.2025, 547) belgilandi.

 

Unga ko‘ra, akademiyasining magistraturasiga qabul davlat buyurtmasi bo‘yicha davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Mazkur akademiyada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 2025-2026-o’quv yilidan boshlab quyidagi kadrlar tayyorlanadi:

 

— Hududlarni kompleks rivojlantirish (Regional Development);

 

— Davlat boshqaruvi (Public Administration);

 

— Inson resurslarini rivojlantirish (Human Resource Development).

 

2026-2027-o’quv yilidan boshlab esa:

 

— Davlat siyosati (Public Policy);

 

— Davlat moliyasini boshqarish (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi magistratura ta’lim dasturlari uchun qabul yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.

 

Qarorga ko‘ra, har yili iyul-avgust oylarida akademiyada magistratura mutaxassisliklariga davlat buyurtmasi bo‘yicha tanlov ikki bosqichda:

 

birinchi bosqich – nomzodlarni fanlarni bilish darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovlari;

 

ikkinchi bosqich – nomzodlarning ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha suhbat shaklida o‘tkaziladi.

 

Qabul qilish tartibi batafsil ushbu sxemada.

Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul tartibi belgilandiDavlat siyosati va boshqaruvi akademiyasining magistraturasiga qabul tartibi belgilandi