Sentyabrda bo‘ladigan chet tili imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi

Sentyabrda bo‘ladigan chet tili imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari sentabr, oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi. Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

 

Sentyabr oyida ingliz, nemiz. arab va turk tillaridan imtihion bo’lib o’tadi. Imtihon uchun ro’yxatdan o’tish 30-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. To’lovni esa 31-avgust sanasigacha (shu kuni ham) qilish mumkin. Imtihon 13-14-sentyabr sanalarida bo’lib o’tadi.

 

Imtihon uchun to’lov miqdori bir yarim bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi, ya’ni 556 200 so’mni tashkil qiladi. Keyingi oylardagi imtihon sanalari bilan quyidagi rasm orqali tanishishingiz mumkin:

Sentyabrda bo‘ladigan chet tili imtihonlari uchun ro‘yxatdan o‘tish bugun yakunlanadi