Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgust kuni 308-son ‘‘Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida’’gi buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko’ra, yangi o‘quv yilidan boshlab “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.
Ushbu buyruq bilan:
1-ilova — Bog‘chalarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
2-ilova — Maktablarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;
3-ilova — Maktab psixologining 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi;
4-ilova — Maktablar uchun “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular roʻyxati.
Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.
