Respublikamiz bo‘ylab barcha umumta’lim maktablarida yangi 2025/2026-o‘quv yili dars jarayonlari joriy yilning 2-sentyabridan (seshanba kuni) boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Maktablardagi o‘quv jarayonining birinchi dars soatlarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Kelajak soati” darslari o’tkaziladi.
Shuningdek, joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 738 ming nafardan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
