‘‘Prezident iqtidorli farzandlari’’ milliy dasturiga kirish imtihon natijalar e‘lon qilindi

‘‘Prezident iqtidorli farzandlari’’ milliy dasturiga kirish imtihon natijalar e‘lon qilindi

Joriy yilning 10-avgust kuni Agentlik tizimidagi «Prezident iqtidorli farzandlari» Milliy dasturi uchun bo‘lib o‘tgan kirish imtihonlari natijalari e‘lon qilindi.

 

 

Imtihon natijalarini quyidagi havola orqali bilishingiz mumkin: https://portal.piima.uz/page/milliy-dastur-natijalari

 

 

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha milliy dasturiga ishtirokchilarni saralab olish va qabul qilish tartibi toʻgʻrisida muvaqqat nizomga asosan:

 

 

Milliy dasturga nomzodlar imtihon natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplaganlar orasidan, belgilangan kvota doirasida ballar ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda qabul qilinadi.

 

 

Nomzodlar oʻrtasida teng natijalar yuzaga kelganda, matematika fani topshiriqlari bajarilganligi boʻyicha quyidagi ustuvorlik asosida saralab olinadi:

 

 

С toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;

 

B toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich;

 

A toifa topshiriqlari boʻyicha yuqori koʻrsatkich.

 

 

Yuqoridagi barcha holatlarda nomzodlar koʻrsatkichlari teng boʻlganda, ular tugʻilgan sanasi boʻyicha saralanadi, bunda yoshroq nomzodga ustunlik beriladi.

 

 

Agarda bu holatda ham tenglik saqlanib qolsa, nomzodlarga Qabul komissiyasi tomonidan qoʻshimcha topshiriqlar beriladi.