Maktablarda o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanishi mumkinmi?

Maktablarda o‘quv yili 2-sentyabrdan boshlanishi mumkinmi?

Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-son qarorining 24-bandiga asosan, o‘quv yili umumta’lim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va to‘rtta chorakka bo‘linadi.

 

 

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi joriy yildagi Mustaqillik bayrami munosabati bilan qo’shimcha dam olish kunlari belgilanmaganligi va dam olish kunlari ko’chirilmaganligini ma’lum qildi.

 

“1-sentyabr — Mustaqillik kuni” bayram munosabati bilan:

 

5 ish kuni ishlovchilar 3 kun – 30-avgust (shanba), 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari;

6 ish kunida ishlovchilar 2 kun – 31-avgust (yakshanba) va 1-sentyabr (bayram) kunlari dam oladi.

 

O‘tgan yili 3-sentyabrda qo’shimcha dam olish kuni deb belgilangani uchun 4-sentyabrdan boshlangan edi.

 

 

Shulardan kelib chiqib, bu yilgi o’quv yili 2-sentyabrda boshlanmasligiga to’sqinlik qiluvchi sabab yo’q. Lekin Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hozircha rasmiy axborot berilmadi.