Bugun sud: pedagoglarning attestatsiya natijalari yuzasidan da’vo arizalari ko‘riladi

Bugun sud: pedagoglarning attestatsiya natijalari yuzasidan da’vo arizalari ko‘riladi

Joriy yilning 15-aprel sanasidan boshlab, 14-mayga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tgan edi. Mazkur malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun 190 mingga yaqin pedagoglar onlayn ariza topshirgan bo‘lib, ularning 177 ming 640 nafari yoki umumiy arizachilarning 95 foizi jarayonda qatnashgan.

 

Attestatsiya natijalariga ko‘ra, 10 504 nafar pedagog oliy toifa, 23 200 nafar pedagog birinchi toifa, 27 805 nafar pedagog ikkinchi toifa uchun yetarli ball to‘plab, ijobiy natijalar qayd etdi. Shuningdek, 6 603 nafar pedagog mutaxassis lavozimini saqlab qoldi.

 

Umumiy hisobda 73 mingdan ziyod pedagoglar ijobiy natija ko‘rsatgan. Ammo 104 mingga yaqin (58.9%) pedagoglar attestatsiyadan o‘tolmagan.

 

Pedagoglar attestatsiya natijalaridan nega norozi?

 

Attestatsiya test sinovlari davom etayotgan bir vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim fan o‘qituvchilarining attestatsiyada tushgan test savollaridan norozi ekanligi aks etgan xabarlar tarqaldi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov esa test topshiruvchilar o‘zining ballidan qoniqmagan bo‘lsa yoki berilgan savol spetsifikatsiyadan tashqari deb hisoblanayotgan bo‘lsa, shuningdek u yerda xatolik bor deb hisoblasa, apellyatsiya berishi lozimligini eslatdi.

 

Ammo attestatsiya natijalaridan noroziligi bo‘lgan o‘qituvchilarning shikoyat arizalariga apellyatsiya komissiyasi tomonidan deyarli bir xil mazmundagi javoblar yuborildi. Bu esa pedagoglarning turli xil e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

 

Ko’plan pedagoglar bu ni haqiqatdan ham savollarning juda murakkabligi, validlik talablariga javob bermasligi, ayrim holatlarda esa test savollarining talabga javob bermasligi bilan izhohlagan. bilan izohlagan.

 

Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, bir guruh o‘qituvchilar tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, ma’naviy ziyon va vakil xarajatlarini undirish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritilgan. Mazkur sud ishida advokatlar Karimjonov Muhammadamin hamda Xatamjonov Nazirjonlar pedagoglarning huquqlarini himoya qiladi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, pedagoglar 2025-yilda ona tili va adabiyot fanidan o‘tkazilgan attestatsiya natijalarini g‘ayriqonuniy deb hisoblamoqda. Pedagoglar tomonidan sudga kiritilgan da’vo arizasida attestatsiya jarayonlariga oid 9 ta e’tirozli holatlar keltirilgan bo‘lib, ulardan eng asosiysi ur‘gu test savollarining murakkablik darajasi belgilangan vaqt me’yoriga mutanosib emasligi hamda savollar tuzish jarayonida validlik va testologiya qoidalariga rioya etilmaganligiga qaratilgan.

 

Shuningdek, da’vo arizasida keltirilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi Apellyatsiya komissiyasi tomonidan pedagoglarning shikoyatlari asosli, huquqiy va dalilliy baholanmasdan, “asosiz” deb topilib, rad etilgan.

 

Ammo, Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yildagi 572-sonli qarorning 60-bandida apellyatsiya komissiyasi qarori nusxasi apellyatsiya komissiyasi qarori chiqqan kundan e’tiboran 5 kun muddatda murojaat etuvchi pedagog kadrning shaxsiy kabinetiga joylashtirilishi belgilangan bo‘lishiga qaramay, ushbu talablar vakolatli organ tomonidan bajarilmagan.

 

Shu sababli, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga pedagog kadrning bilimini noto‘g‘ri baholanganligi, o‘quv fani bo‘yicha test va malaka sinovi materiallarida xato va kamchiliklar bo‘lgani, savollarning o‘tkazish jarayonida tashkiliy-texnik jihatdan kamchiliklar bo‘lganligi sababli attestatsiya imtihonlarini qayta o‘tkazish majburiyatini yuklash, shuningdek pedagoglarga yetkazilgan ma’naviy zararni undirish bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilgan edi.

 

Ushbu sud ishi bugun, 12-avgust sanasida ko’rib chiqiladi.