Ijtimoiy tarmoqlarda Shayxontohur tumani Yangi Jar Ariq mahallasidagi 320-maktabni bog‘idan boshlab ko‘chagacha bo‘lgan yer sirli ravishda auksionga chiqib ketayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
“Ta’lim xabarlari” ushbu mavzuga oydinlik kiritish maqsadida Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi matbout xizmati bilan bog‘landi.
Vazirlikka ko‘ra, yer hech qanday auksionga qo‘yilmagan. Tegishli qarorga, asosan, ushbu yer maydoniga bog‘cha qurilishi rejalashtirilgan.
Ammo qaror raqami va chiqarilgan sana haqidagi savol ochiq qoldi.
Maktabgacha ta’lim agentligi esa shu hududda bog‘chaga ehtiyoj borligini ta’kidlab, qurilish to‘g‘risida batafsil ma’lumotni tuman hokimiyati berishini bildirdi.
Shayxontohur tuman hokimligi qo‘ng‘iroqlarimizni javobsiz qoldirdi.
Shuningdek,hokimlikning rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ham bu borada hech qanday axborot berilmagan.
“Ta’lim xabarlari” mavzuni oʻrganishda davom etadi.