Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Saidaxon Hamroyeva ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS sertifikati uchun imtihondan 7 ballni qo‘lga kiritdi.
U to’rt yildirki, u darslarni a’lo baholarga o’zlashtirish bilan birgalikda ingliz tilini puxta o’rganishga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Iqtidorli o’quvchining yutug’idan xabar topgan Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig’i Shukur Burhonov Saidaxonni tabriklash uchun maktabga kelishdi va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlari va ota-onasiga samimiy minnatdorchilik bildirishdi.