Vazirlik va idoralarning kurrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samaradorligi baholandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilganligiga doir reyting koʻrsatkichlarini eʼlon qildi.

 

Unga ko‘ra, ta’lim sohasiga doir vazirlik va idoralar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyati 84 ball bilan “yaxshi” deb baholangan bo‘lsa, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 50 ball bilan “qoniqarsiz” natija qayd etgan.

 

Maʼlumot uchun: 2023-yil natijalari boʻyicha oʻtkazilgan mazkur reyting baholashda 95 ta davlat tashkilotidan 42 ta tashkilot faoliyati samaradorligi “yaxshi” – (81-100 ball), 38 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball) va 15 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past) toifalarga ajratilgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ta’lim sohasiga oid vazirlik va idoralar reytingi:

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi – 82 ball (yaxshi);
Bilim va malakalarni baholash agentligi – 81 ball (yaxshi);
Oliy attestatsiya komissiyasi – 80 ball (qoniqarli);
Maktabgacha ta’lim agentligi – 56 ball (qoniqarli);
Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi – 50 ball (qoniqarsiz).

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры