2025-2026-oʻquv yili uchun davlat OTMga minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?

2025-2026-oʻquv yili uchun davlat OTMga minimal o‘tish balli nimani belgilaydi?

Har yili test sinovlarida minimum ball chegarasi qo‘yiladi. Shuningdek, Davlat qabul komissiyasi tegishli bayoni bilan 2025-2026-oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalariga minimal o‘tish ballari tasdiqlangan.Unga ko’ra:

 

–  davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189,0 ballning 36%);

–  toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189,0 ballning 30%) etib belgilandi.

 

Minimal o‘tish balli bu – abituriyentning o‘qishga qabul qilinishi uchun yig‘ishi shart bo‘lgan eng past ball. Ya‘ni, abituriyent natijasi bilan belgilangan kvotada turgan bo‘lsa ham, agar minimal ball va undan yuqori natijani qayd etmagan bo‘lsa, u talabalikka tavsiya etilmaydi.

 

Bu nima degani?

Masalan, «Xalqaro jurnalistika» yo‘nalishiga jami 24 ta kvota ajratilgan bo‘lib, abituriyent 56,7  balldan kam natija bilan  kvotada kontraktda turgan bo‘lsa ham, u talabalikka qabul qilinmaydi. Yoki abituriyent 68 balldan past ball bilan grant kvotasida turgan bo’lsa ham, u grantda emas, kontraktda o’qiydi. Chunki belgilangan minimal balldan past natijani qayd etgan.

 

Eslatma! Joriy o’quv yili uchun hozircha minimal o’tish balli e’lon qilinmadi.