Abituriyentlar ruxsatnomasi bilan bo‘layotgan muammolar yuzasidan agentlik izoh berdi

Abituriyentlar ruxsatnomasi bilan bo‘layotgan muammolar yuzasidan agentlik izoh berdi

Xabaringiz bor, kecha, 6-iyul kunidan test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

 

Jarayonlar boshlanganligi sababli, tahririyat botiga abituriyentlardan ruxsatnomani yuklab olishda muammolar yuzaga kelayotganligi bo‘yicha savollar kelib tushmoqda.

 

 

Masalaga aniqlik kiritish maqsadida, Bilim va malakalarni baholash agentligining ishonch raqami (+998 95) 199 19 14 bilan bog‘landik.

 

 

Unga ko‘ra, ko‘pchilik ruxsatnomani yuklab olishda xizmatlar bo‘limidan yuklab olayotganligi sababli ruxsatnomalar ochmayotganligi, u bo‘limdagi ma’lumotlar o‘tgan yilgi ma’lumotlar ekanligini aytdi. Shuning uchun, ruxsatnomani yuklab olishda qayd varaqaning ichidan 1-2-bosqich degan joyidan yuklab olish kerakligi ma’lum qilindi.

 

 

Ruxsatnomalar bosqichma-bosqich chiqayotganligi sababli bugun kun yakunigacha kutish kerak ekanligi aytildi. Agar yuklab olgandan keyin ham ochmayotgan bo‘lsa, kompyuter yoki noutbuk qurilmalarida yuklab olish tavsiya etiladi.

 

 

Shuningdek, 5 ta fandan sertifikati bor bo’lgan abituriyentlarga hali ruxsatnoma chiqmagani yuzasidan Bilimni baholash agentligi matbuot kotibi Javlonbek Nurmatov bilan bog‘landik.

 

 

Uning aytishicha, 5 ta fandan sertifikati bo’lgan abituriyentlarga ruxsatnoma chiqmasligi, ular 2-bosqich boshlanganda 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi tanlashlari kerakligini ma’lum qildi.