DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

DAAD (All Academic Disciplines) — Germaniyada magistratura bosqichini oʻqish uchun toʻliq moliyalashtiriluvchi grant dasturi

DAAD (Deutscher Akademischer Austauschdienst) bakalavr bosqichini tugatgan yoki uning soʻnggi bosqichida oʻqiyotgan barcha talabalarga 2026-2027-yillarda Germaniya universitetlarining magistratura bosqichida oʻqishni davom ettirish uchun moʻljallangan “Study Scholarships — Master Studies for All Academic Disciplines” grant dasturini taqdim etadi.

 

Dastur tanlangan kurs davomiyligiga qarab 10 oydan 2 yilgacha davom etadi. Dasturga qabul qilinganlar Germaniyada bepul oʻqish bilan birga, oylik stipendiya va turar joy bilan ham taʼminlanadilar.

 

Dastur doirasida musiqa, amaliy sanʼat, kino, dizaynerlik, arxitektura, aktyorlik yoʻnalishidan boshqa (chunki bu yoʻnalishlar uchun alohida DAAD grantlari mavjud) barcha yoʻnalishlar doirasida ariza berish mumkin.

 

Dasturga qabul har yili 31-oktyabrga qadar davom etadi.

 

 

Talablar:

 

— bakalavr bosqichini tugatgan bo’lishi yoki dastur boshlangunga qadar (2026) tugatishi kerak;

 

— tanlagan universiteti qabul talablariga javob berishi (til talablari shular jumlasidan);

 

— Germaniyada ariza topshirish vaqtida 15 oy va undan ortiq vaqt davomida yashab kelayotgan bo’lmasligi kerak.

 

 

Til boʻyicha talablar:

 

Nomzodlar dastur boshlanguniga qadar tanlangan universitet talablariga mos keladigan taʼlim tilini bilishi kerak. Agar ariza topshirish paytida universitet tomonidan talab qilinadigan til koʻnikmalariga hali ega boʻlmasa, qoʻshimcha til kurslari ham moliyalashtirilishi mumkin.

 

 

Foydali tomonlari:

 

— oylik €992 stipendiya;

 

— Germaniyaga borish va qaytish uchun sayohat xarajatlari + sug’urta qoplanadi;

 

— oʻqish boshlagan paytda bir martalik yordam puli beriladi (€460);

 

 

Hujjat topshirish:

 

1. Ushbu havola orqali DAAD portalidan ro’yxatdan o’tish;

 

2. O’qish yo’nalishlari va universitetlarni aniqlab olish (ushbu havola orqali topish mumkin);

 

3. DAAD portalida onlayn hujjat topshirish.

 

 

Hujjat topshirish bo’yicha yo’riqnoma bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin:

 

 

Kerakli hujjatlar:

 

1. Onlayn ariza shakli (Universitetlar ro’yxati. o’qimoqchi bo’lgan fanlari va dars boshlanish sanalari aks etadi).

 

2. Tavsiyanoma (Akademik faoliyat bilan shug’ullanuvchi, nomzodni yaxshi bilan ustozi yoki biror o’qituvchidan olish tavsiya etiladi. Tavsiyanoma xati DAAD portalidan ro’yxatdan o’tgach, REQUEST for REFERENCE FORM degan bo’limdan yuklab olinadi. Bu tayyor shablon qolipidagi hujjat bo’lib, uni elektron to’ldirish, printerdan chiqarib tavsiyanoma beruvchiga imzolatish lozim. So’ng hujjat yana skanerlanadi va portalga yuklanadi).

 

3. Bakalavr diplomi (agar bo’lsa) va baholar tarjimasi ingliz tiliga o’girilib, skanerlab topshiriladi (akademik litsey yoki kollejniki ham tarjima bilan topshirilishi kerak).

 

4. 3 betdan oshmagan CV (europass formatida qilinishi kerak).

 

5. Motivatsiya xati (2 betdan oshirmaslik tavsiya qilinadi. Nomzod motivatsiya xatini imzolashi kerak. Elektron imzoni ishlatishga ruxsat berilgan).

 

6. Til sertifikati (Germaniyada darslar yoki to’liq ingliz, ingliz-nemis, yoki to’liq nemis tilida o’qitiladi. Shuning uchun istalgan universitet baribir nomzoddan til sertifikatini talab qiladi. Sertifikat darajasi esa universitetga bog’liq. Agar nomzod umumiy ariza berish vaqtida hali til sertifikatiga ega bo’lmasa yoki yangilash arafasida turgan bo’lsa, Germaniyaning O’zbekistondagi elchixonasiga xabar berib qo’ygani ma’qul).

 

Eslatma: Barcha hujjatlar PDF formatida saqlanishi kerak! Faqat PDF fayllarni portalga yuklash mumkin.
Agar kerak bo’lsa, tarjimalar asl tilda chiqarilgan hujjat bilan birga yuklanishi kerak.