Estoniya ta’lim vaziri 8 ga 4 ni ko‘paytira olmadi

Estoniya ta’lim vaziri 8 ga 4 ni ko‘paytira olmadi

Estoniya ta’lim vaziri Kristina Kallas jurnalistlar bilan suhbatda 8 ga 4 ni ko‘paytirganda nechchi bo‘lishini ayta olmadi. Bu haqda  Zakon.kz xabar berdi.

 

 

Ta’lim vaziri ta’lim faqat matematik formulalardan iborat emasligini ta’kidlagan.

 

 

Shunda boshlovchi undan “8 ga 4 ni ko‘paytirsak nechchi bo‘ladi?” deb so‘ragan.

 

 

“Bilmayman”, – deb javob bergan vazir.

 

 

Ma’lumot o’rnida, Kristina Kallas — ta’lim va integratsiya sohalari bo‘yicha tajribali mutaxassis, shuningdek, siyosiy va davlat arbobi hisoblanadi. U 2016-yilda siyosiy fanlar bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini olgan.

 

 

Uning dissertatsiyasi “Uch tomonlama aloqani qayta ko‘rib chiqish: Estoniya, Rossiya va estoniyalik ruslar o‘rtasidagi etnosiyosiy o‘zaro munosabatlar tahlili” mavzusiga bag‘ishlangan. Uning ilmiy rahbari esa jamiyatdagi integratsiya va sobiq SSSR hududidagi rusiyzabon aholining muammolari bo‘yicha mutaxassis, professor Vello Pettay bo‘lgan.