Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

Davlatimiz rahbarining tegishli qaroriga binoan, Shakirova Sevara Baxodirovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

 

 

U mazkur tayinlovga qadar ushbu agentlikda direktor o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

 

 

Sevara Shakirova uzoq yillar davomida taʼlim sohasida samarali faoliyat olib borgan. Xususan,

 

 

– 2012–2019-yillarda — Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabida o‘qituvchi;

 

– 2019–2022-yillarda — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari;

 

– 2022–2023-yillarda — Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor;

 

– 2023–2024-yillarda — Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat olib borgan.