Bosh prokuratura bergan maʼlumotga koʻra, maktabning 3-cinf oʻquvchisi, 10 yoshli bola futbol oʻynash uchun maktabning sport maydoniga kelgan. Shu vaqtda u maydonda boʻlgan yigitlarga hojatxonaga ketayotganligini aytgan. Ammo, oradan vaqt oʻtib, u qaytib kelmagach, maydondagi yigitlar uni qidirishgan hamda oʻquvchini maydon oldidagi devor tagidan hushsiz holatda topishgan.
Shundan soʻng, maktab direktori oʻrinbosari kelib, oʻquvchini darhol yoʻlovchi mashinada shifoxonaga olib borgan. Shifoxonada bolaga klinik oʻlim tashxisi qoʻyilgan.