Manzil: Toshkent shahri, Mirobod ko’chasi, 41/4
Telefon: +998555067007
Litsenziya raqami: №049194
Manzil: Toshkent shahri, Mirobod ko’chasi, 41/4
Telefon: +998555067007
Litsenziya raqami: №049194
“Med Invest innovatsion tibbiyot texnikumi” yurtimizda o‘zining yuqori nufuziga ega bo‘lgan pofessional ta’lim tashkilotlaridan biri hisoblanadi. Ushbu ta’lim muassasasi 2023-yilda tashkil etilgan bo’lib o‘z oldiga fan–tadqiqot–amaliyot zanjiri asosida yuqori sifatli taʼlim standartlariga asoslangan ta’lim berish hamda talabalarning har tomonlama yetuk kadrlar etib tayyorlash bo‘yicha strategik maqsadlarni qo‘ygan. Mazkur texnikumga vakolatli davlat organi – O’zbekiston Respublikasi Oliy […]
Yangi o‘quv yilidan boshlab davlat granti talabalar uchun ta’lim granti va ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant shaklida ajratiladi. Bunda: – ta’lim granti — talabalarga bir o‘quv yili uchun ajratiladi hamda 1-kursda kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga, ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi va stipendiya faqat to‘liq […]
Shuningdek, bir necha toifadagi abituriyentlar mazkur to‘lovdan ozod qilinadi.
Attestatsiyada o‘qituvchilarni qanday yangiliklar kutayotgani ma’lum qilindi. Yangi tartiblarga ko‘ra, yuqori malaka va sertifikatlarga ega bo‘lgan pedagoglarga qo‘shimcha ball berish imkoni kengaytiriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun boshqa ijobiy yangiliklar ham joriy etiladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Raximboyev “Xalq ta’lim Info” saytiga […]
15 yoshli maktab o‘quvchilarining kreativ (ijodiy) fikrlashini baholovchi PISA-2022 xalqaro tadqiqoti natijalarini e’lon qildi. Ushbu natijalar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan e’lon qilindi. Natijalarga ko’ra, o‘quvchilar orasida kreativ fikrlash darajasi eng rivojlangan mamlakatlar ro‘yxatida Singapur, Janubiy Koreya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Estoniya va Finlyandiya turibdi. Bu mamlakatlarda o‘quvchilarning o‘rtacha bali (41 dan […]
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini o‘tkazish hamda magistraturaga qabul tartibi bo‘yicha ayrim savollar bo‘yicha ma’lumot berdi. Oliy ta’lim muassasalariga imtihonlar qachondan boshlanadi? Prezident farmoniga muvofiq, joriy yil oliy va professional ta’lim muassasalariga […]
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida joylashgan 100-sonli umumta’lim maktabida bilimli va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Direktor stipendiyasi” joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. Ushbu stipendiya 2024-2025 o‘quv yilida ta’lim olayotgan 1-11-sinf o‘quvchilari uchun amal qiladi. “Dastlabki stipendiya sohiblari sifatida 2-“A” sinf o‘quvchisi Azizaxon Tojibayeva hamda […]
Bugun, 29-oktyabr kuni 2024-yilning 2-yarmida o‘tkazilayotgan attestatsiyasing malaka (test) sinovlari boshlandi. Jarayonlarni quyidagi havola orqali toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borishingiz mumkin:
pedagog.edu.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan arizalarni tahrirlash 4-oktyabr soat 23:59 da to‘xtatiladi. O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining majburiy attestatsiyadan o‘tish yoki navbatdan tashqari (ixtiyoriy) attestatsiyada ishtirok etish istagida onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi ko‘rib chiqilayotgan pedagog kadrlar joriy yilning 4-oktyabr kuni yakuniga qadar arizalarini tahrirlashlari va belgilangan yig‘im summasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga […]
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi yig’ilishda endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilishini ma’lum qildi. Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkaziladi. 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida 3 xonali uy beriladi”, – dedi Prezident.
2024-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining “Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarning baholash koʻrsatkichlarini hamda hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 146-son buyrug‘i qabul qilindi.
“Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari boʻyicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaning 15-bandiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchilarining dars va toʻgarak mashgʻulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar boʻyicha hisobotlar va qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi. 15-bandning 2-xatboshiga koʻra umumiy oʻrta taʼlim muassasalari pedagog xodimlari […]
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar, avvalo, ularga qulay imtihon muhitini yaratib berishdan boshlanishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.02.2023 yildagi PQ-74-son qarorida, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi ya’ni, videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etilishi belgilangan. Bilimni baholash agentligi nogironligi bor shaxslarga OTM larga kirish […]
2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi. Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turli sabablar bilan test sinovlariga qatnashmagan abituriyentlar, ularning yaqinlari tomonidan qo‘shimcha imtihon belgilab berish yuzasidan murojaatlarga javob berdi. Unga ko‘ra, test kuni imtihon vaqtidan kechikkan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomasi bo‘lmagan abituriyent sinov o‘tkaziladigan binoga kiritilishi mumkin emas. Shuningdek, abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan sana va vaqt qat’iy hisoblanib, […]
Ta’kidlash lozim, bu o‘zbekistonlik o‘quvchilarning xalqaro fizika olimpiadalaridagi 4-bronza medali hisoblanadi.
O‘qituvchi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan so‘ng o‘quvchining qarindoshlari maktabga kelib, o‘qituvchi bilan ko‘rishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat ro‘y bergan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-apreldagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 6-bandida umumta’lim maktablarini tekshirish, nazorat qilish asoslari va tartibi belgilangan bo‘lib, ular qatorida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi hamda uning tekshirish asoslari belgilanmagan. Undan tashqari “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonun 11-moddasida fuqarolar yig‘inining vakolatlari belgilangan bo‘lib, ular […]
Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yilda jami 19 629 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 27 807 nafarga yetgan.
Eslatma: belgilangan tartibga ko‘ra, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan hamda yotoqxonaga ehtiyoji bor talabalar to‘liq ta’minlanmasdan turib, boshqa ta’lim shaklida o‘qiyotgan talabalarni, shuningdek ta’limning magistratura va doktorantura bosqichida o‘qiyotgan talabalarni turar joyga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.