2025-yilning eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi

2025-yilning eng yaxshi universitetlar reytingi e’lon qilindi

2025-yil uchun The Center for World University Rankings (CWUR) Global 2000 universitetlar reytingi ro’yxati e’lon qilindi.

 

 

Bu reyting 4 ta asosli mezon asosida jami 21 462 ta ta’lim baholab, eng yuqori o’rinlarni olgan oliygohlar Global 2000 ro’yxatiga kiritilgan:

 

Ta’lim sifati (25%)
Bitiruvchilarning ishga joylashishi (25%)
O’qituvchilar sifati (10%)
Tadqiqot faoliyati (ijodiy ishlar, ta’sir va iqtiboslar, jami 40%)

 

Unga ko‘ra, 2025‑yildagi asosiy natijalar bilan eng yuqori TOP10 talik o‘rinlarida quyidagi universitetlar ko‘rsatilgan:

 

 

1. Harvard University
2. Massachusetts Institute of Technology (MIT)
3. Stanford University
4. University of Cambridge
5. University of Oxford
6. Princeton University
7. University of Pennsylvania
8. Columbia University
9. Yale University
10. University of Chicago

 

Markaziy Osiyo davlatlaridan yagona universitet CWUR Global 2000 (ya’ni, dunyoning eng yaxshi 2000 universiteti ro’yxati) ichiga kirgan – bu Qozog’istonning Nazarbayev Universiteti bo’ldi. Mazkur universitet ro’yxatdan 1540-o’rinni egallagan. O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari esa bu ro‘yxatga kiritilmagan.

 

Shuningdek, Xitoy 2025-yilda birinchi marta AQShni ortda qoldirgan: Global 2000 ro’yxati Xitoydan 346 ta, AQShdan 319 ta universitet kiritilgan.

 

 

Mamlakatlar kesimida asosiy ko’rsatkichlar:

 

AQSh: Top-10 ichida 8 ta universitet bilan yetakchi; umumiy hisobda 319 ta universitet bilan ikkinchi o‘rinda (Xitoydan keyin). Harvard, Stanford va MIT — dunyoda eng ko‘p iqtibos keltirilgan universitetlar. Barcha Ivy League universitetlari Top-75 ichida.

 

Xitoy: Bu yil 346 ta universitet bilan eng ko‘p vakillikka ega mamlakat bo‘ldi. C9 League universitetlari hammasi o‘z pozitsiyalarini yaxshiladi.

 

Yaponiya: 107 ta universitet bilan ro‘yxatga kiritilgan; Tokio universiteti eng yuqori — 13-o‘rin.

 

Buyuk Britaniya: 89 ta universitet bilan vakillangan. Cambridge universiteti ketma-ket 12 yildirki dunyodagi eng yaxshi davlat universiteti deb topilgan.

 

Fransiya: 71 ta universitet ro‘yxatda. Yetakchi — PSL University (19-o‘rin).

 

Rossiya: 43 ta universitet bilan ro‘yxatda, eng yuqorisi — Moscow State University (245-o‘rin).

 

Ma’lumot o’rnida, The Center for World University Rankings (CWUR) — 2012-yildan beri hech qanday so’rovnoma va universitetlar yuborilgan ma’lumotlarga tayanmasdan baholaydi. U shu paytgacha dunyo universitetlarini baholaydigan yagona akademik reytingni e’lon qilib kelmoqda.