Nafaqadagi o’qituvchilar dars o’tishi mumkin emasmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Endilikda pensiya yoshidagi o’qituvchilar dars o’tishmaydi, ham pensiya ham oylik olishmaydi” degan xabarlar tarqaldi. Tabiiyki ushbu xabar ko’plab o’qituvchilar tomonidan yaxshi kutib olinmadi. Talimxabarlari.uz jamoasi ushbu xabarlarni o’rganib shularni ma’lum qiladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-son “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Farmoniga asosan 2019-yil 1-yanvardan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanishi belgilandi.
Shu munosabat bilan umumta’lim maktablarida o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojlarni qoplash maqsadida nafaqadagi o‘qituvchilar ishga jalb qilindi hamda ishlayotgan nafaqa yoshidagi o‘qituvchilar o‘z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

 

O‘qituvchilarga dars soatlari tegishli uslubiy birlashma tasiyasi asosida maktab pedagogika kengashi qaroriga binoan maktab direktorining buyrug‘i bilan taqsimlanadi. Bunda, uslubiy birlashma tomonilan o‘qituvchining mahorati, tajribasi va malakasi hamda boshqa ko‘rsatgichlari inobatga olinadi.

 

Lekin shuni ham esdan chiqarmaslik lozimki, ish beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin bo‘lgan sabablar Mehnat kodeksining (MK) 100-moddasi 2-qismining 7-bandida bayon etilgan.
Unga ko‘ra xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi, qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir davlat pensiyasini olish huquqi mavjud bo‘lganda ish beruvchi o‘z tashabbusiga ko‘ra xodim bilan mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin.
Bunda, maktab direktori xodimni pensiya yoshiga yetganligi munosabati bilan ishdan bo‘shatishni lozim topsa, mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkinligi haqida ogohlantirish xati berishi qonuniy deb hisoblaymiz.

 

Hozirgacha ushbu farmonlarni bekor qiladigan qaror tasdiqlanmadi. Shunday ekan amaldagi tartib-qoidalar bo’yicha o’qituvchi dars o’tgan soatlariga oylik hamda pensiya olishi mumkin.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры