Ona (o‘zbek, qoraqalpoq, rus) tili va adabiyot fanlaridan 2025-yil aprel oyida o’tkazilgan milliy sertifikat imtihoni natijalari e’lon qilina boshladi.
Talabgorlar o‘z natijalarini my.gov.uz saytining «Mening arizalarim» bo‘limi orqali bilishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblangan bo‘lib, talabgorlarga to‘plagan bali asosida quyidagicha sertifikat taqdim etiladi:
70 balldan yuqori ball — A+ daraja;
65 – 69,9 ball — A daraja;
60 – 64,9 ball — B+ daraja;
55 – 59,9 ball — B daraja;
50 – 54,9 ball — C+ daraja;
46 – 49,9 ball — C daraja.
Sertifikatga ega abituriyentlarga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball beriladi:
A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball;
B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporsional ball.
Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o‘quvchilarga tegishli fandan maksimal ball beriladi.
Izoh: Natijalar navbat bilan e’lon qilinmoqda. Agar Sizning natijangiz hali ko‘rinmagan bo’lsa keyinroq yana tekshirib ko‘ring.
