Xitoydagi Jiangsu universitetidan JSU Presidential Scholarship grant dasturi

Xitoydagi Jiangsu universitetidan JSU Presidential Scholarship grant dasturi

Jiangsu Universiteti bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida oʻqishni rejalashtirayotgan talabalar uchun JSU Prezident Stipendiyasi dasturini eʼlon qildi. Ushbu grant dasturi yuqori akademik salohiyatga ega talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

 

Ariza topshirish muddati:

2025-yil 14-iyulgacha

Qabul shartlari:

Nomzodlar Xitoy fuqarosi bo‘lmasligi kerak;

Jismoniy va ruhiy jihatdan sog‘lom bo‘lish, Xitoy qonunlariga va universitet qoidalariga rioya qilishi talab etiladi;

Xitoy madaniyatini hurmat qilishi muhim hisoblanadi;

Bakalavr dasturiga nomzodlar 25 yoshdan, magistraturaga 30 yoshdan, doktoranturaga esa 40 yoshdan oshmasligi lozim;

Talabalar yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari zarur;

Ingliz tilidan kamida IELTS 5.5 yoki unga teng xalqaro sertifikat talab qilinadi;

Dasturda boshqa grant sohiblari qatnasholmaydi;

Talablar o‘qimoqchi bo‘lgan yo‘nalish va bosqichga qarab farq qilishi mumkin.

 

Stipendiya va imtiyozlar:

Bakalavr bosqichi:

A kategoriyasi g‘oliblari birinchi yil uchun 10,000 RMB miqdorida stipendiya oladi.

B kategoriyasi g‘oliblari esa har yili 10,000 RMB oladi.

Magistratura bosqichi:

A kategoriyasi g‘oliblari yillik 25,000 RMB stipendiya bilan taʼminlanadi.

B kategoriyasi g‘oliblari yillik 10,000 RMB oladi.

Doktorantura bosqichi:

A kategoriyasi g‘oliblari o‘quv kontrakti va turar joy xarajatlari qoplanib, qo‘shimcha 5,000 RMB stipendiya oladi.

B kategoriyasi g‘oliblari esa kontrakt va turar joy xarajatlaridan ozod etiladi.

Talabalarga birinchi o‘quv yilida yashash xarajatlari uchun 5,000 RMB miqdorida bir martalik pul ham beriladi.

 

Ariza topshirish jarayoni:

Jiangsu Universitetining rasmiy onlayn ariza tizimida ro‘yxatdan o‘ting;

Dastur talablari va qoidalari bilan batafsil tanishing;

Ariza topshirish uchun belgilangan badal to‘lovini amalga oshiring;

 

Quyidagi hujjatlarni taqdim eting:

Pasport nusxasi;

Oldingi taʼlim muassasasining diplom va transkripti;

Motivatsion xat;

Tibbiy maʼlumotnoma;

Moliyaviy ahvolni tasdiqlovchi hujjat;

So‘nggi 6 oy ichida jinoyat sodir etmaganlik haqida maʼlumotnoma;

 

Ushbu grant dasturi haqida batafsil maʼlumotni Jiangsu Universitetining rasmiy saytidan olishingiz mumkin.