Prezident Farmoni: Endi pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident Farmoni: Endi pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 

 

 

Unga ko’ra, 2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

 

 

Oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

 

 

2026-2027-oʻquv yilidan boshlab pedagogika oliy taʼlim tashkilotlarida Universitetga ravishda boshqaruv tizimi takomillashtiriladi va xalqaro taʼlim dasturlari bosqichma-bosqich joriy etib boriladi.