Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Xitoyning eng nufuzli universitet rahbari bilan uchrashdi - Ta’lim xabarlari
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Xitoyning eng nufuzli universitet rahbari bilan uchrashdi

Xitoyning eng qadimgi universitetlaridan biri boʻlgan, dunyoning yetakchi 20 ta oliy taʼlim muassasasi qatoridan joy olgan Pekin universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish ikki tomon muzokaralarining bosh mavzusi boʻldi. K. Karimov yurtimizda soʻnggi yillarda olib borilayotgan islohotlar natijasida xorijiy OTMlarning Oʻzbekistondagi filiallari soni 30 dan oshgani va bu amaliyot oʻz ijobiy natijalarini berib, sifatli kadrlar yetishtirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi. Shu oʻrinda Pekin universitetining filialini respublikamizda ochish taklifini ilgari surdi.

Xao Ping, oʻz navbatida, Pekin universitetining xorijiy davlatlarda hozirgacha birorta filiali mavjud emasligini taʼkidlagan holda, bu amaliyotni Oʻzbekistonda joriy etish imkoniyatlari haqida soʻz yuritdi. Oʻz navbatida u oʻzbek matematika maktabining dunyo ilmiy jamoatchiligi orasida katta nufuzga ega ekanini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston-Xitoy Xalqaro Markaziy Osiyo matematika markazini tashkil etish taklifini berdi.

Shuningdek, iqtisodiyotning real sektoridagi kadrlar yetishmovchiligini inobatga olib, Oʻzbekiston-Xitoy muhandislik maktabini ochish ham ikki davlat iqtisodiyotini rivojlantirishiga xizmat qilishini qayd etdi.

K. Karimov mezbon tarafning takliflarini maʼqullagan holda Pekin universiteti qoshida Oʻzbek tili markazini tashkil etish boʻyicha oʻz fikrlarini bayon etdi. Mazkur markazga oʻzbek filolog-olimlari, pedagog-mutaxassislarni taklif etish, markazga uslubiy yordam berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv doʻstona va samimiy ruhda oʻtdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish masalasida hamfikr ekanliklarini mamnuniyat bilan qayd etib, oʻzaro manfaatli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga kelishdilar.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры