“Yangi yil bayramini nishonlash davrida qoʻshimcha ishlanmaydigan kunni belgilash va dam olish kunini koʻchirish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (452-son, 24.12.2024-y.) qabul qilindi
Qarorga koʻra, 2025-yilda 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni 4-yanvar – shanba kunidan 2-yanvar – payshanba kuniga koʻchirildi hamda 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 2-yanvar – payshanba qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi.
Yangi yil bayrami arafasida quyidagi kunlar dam olinadi:
– 28-dekabr (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni (6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun ish kuni);
– 29-dekabr (yakshanba) — umumiy dam olish kuni;
– 30-dekabr (dushanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
– 31-dekabr (seshanba) — qoʻshimcha dam olish kuni;
– 1-yanvar (chorshanba) — Yangi yil bayrami;
– 2-yanvar (payshanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.
