Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining «Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan
tayanch oʻquv rejalarni tasdiqlash toʻgʻrisida» 10.04.2025 yildagi 121-sonli buyrug’i chiqdi.
Ushbu buyruqda belgilangan nizomga ko’ra, “Ona tili” va “O‘qish savodxonligi” fanlari uchun ajratilgan haftalik o‘quv soatlari 1-sinfda quyidagicha taqsimlanadi:
– o‘quv yilining 1-2-choraklarida “Ona tili” fani negizida 4 soat “Alifbe”, “O‘qish savodxonligi” fani negizida 4 soat “Yozuv”;
– 3-4-choraklarda 4 soat “Ona tili”, 4 soat “O‘qish savodxonligi” fanlari o‘qitiladi.
Shuninngdek, ushbu nizomda maktablarda chet (ingliz, nemis, fransuz va boshqa) tillardan birini chet tili fani sifatida o‘qitishda ota-onalarning talabi va o‘quvchilarning xohish-istaklari, ta’lim muassasasida ushbu fan bo‘yicha malakali fan o‘qituvchisi mavjudligi inobatga olinishi lozimligi belgilangan.
Bundan tashqari “Informatika va axborot texnologiyalari” fani 1-2-3-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlashini rivojlantirishga qaratilganligi sababli mazkur fan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 5-11-sinflarda “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘qituvchilari tomonidan o‘qitilishi ham belgilab o’tilgan.
Nizomga ko’ra, “Tabiiy fanlar” (Science) fani boshlang‘ich sinflarda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari va 5–6-sinflarda “Fizika”, “Biologiya”, “Geografiya” fanlari o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.
“Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘quvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 15-noyabrdagi PQ-393-son qaroriga muvofiq tashkil etiladi.
