Vazirlar Mahkamasining 16.01.2025 yildagi “Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida”gi №14 qaroriga ko’ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tizimida dual ta’lim joriy etiladi.
Unga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab:
– oliy ta’lim tizimida bosqichma-bosqich dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yilib, “Kasb egasi” dual ta’lim tizimini tashkil etiladi;
– “Kasb egasi” dual ta’lim tizimi birinchi bosqichda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 3 va 4-kurs talabalari uchun joriy qilinadi;
– talabalarning amaliy mashg‘ulotlari korxonalar bilan hamkorlikda o‘tkazilib, ushbu jarayon oliy ta’lim tashkiloti hamda amaliyot rahbari tomonidan muvofiqlashtiriladi;
– dual ta’lim asosida talabalarning korxonalarda faoliyat yuritgan davri uchun ish haqining 2 million so‘mgacha bo‘lgan qismi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.