O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi tegishli buyrug‘iga ko‘ra, Elliyev Hamza Quvvatovich — Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar Hamza Elliyev Qorako‘l tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.