Olmaliq shahar 20-sonli Ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Iroda Hotamova IELTS, SAT sertifikatlarini yuqori balda qo‘lga kiritgan edi.
2024-yilning dekabr oyida AQSHning nufuzli ta’lim muassasalari grant ajratib, o‘qish uchun taklifnomalar yuborishgani ma’lum bo‘ldi.
Ma’lum bo’lishicha, Iroda Hotamovaga «Augustana college» ta’lim muassasasidan $40208 AQSH dollari va «Roanoke college» ta’lim muassasasidan $27100 AQSH dollari miqdorida yillik grandlar ajratilgan.



